Avval xabar berganimizdek, kecha, 7 iyun kuni Gollivud yulduzi Jeki Chan Ostona shahriga uchib keldi.
Ostonada mashhur aktyor ishtirokida brifing o‘tkazildi. Aktyor qizil gilam to‘shalgan yo‘lakka kirib kelishi bilan uni muxlislar olomoni qurshab oldi. Aktyorning qo‘riqchilari odamlar uni bosib yubormasligi uchun atrofida aylana shaklida turib olishdi. Bir necha dastxat bergan Jeki Channi muxlislar xitoy kinosi festivali o‘tkaziladigan “Kazmedia” binosiga kuzatib qo‘yishdi.
Eshiklar yopilgach, bino oldida juda katta olomon to‘plandi. Ularning hammasi bir marotaba bo‘lsa-da, Jeki Channi o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni xohlar edi.
Aktyor jurnalistlar bilan uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgani sirlari, doimo o‘z ishi bilan shug‘ullanishi, boshqa narsalarga, ayniqsa, sariq matbuotga umuman e’tibor qaratmasligi haqida gapirdi. Mashhurlikka esa bosqichma-bosqich muxlislar armiyasi hamrohligida erishganini ta’kidladi. Shuningdek, aktyor o‘zining doimiy orzusini oshkor qildi.
“Rostini aytsam, doim menda Qozog‘istonga kelib, kinomatografiya bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan. Biroq judayam bandligim tufayli bu orzumni haligacha amalga oshira olmadim. Lekin kelajakda Qozog‘istonda ushbu sohada ishlashni rejalashtiryapman. Ayni vaqtda o‘zimning filmlarim bilan shunday chiroyli manzarani buzishdan qo‘rqyapman. Judayam ko‘p tryuklar bor...”, deb kuladi Jeki Chan.
Xitoy kinosi kunlari doirasida aktyor “Kung-fu Yoga” filmini taqdim etadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi