date

Turk xonandasi Riza Tamer vafot etdi

Turk xonandasi Riza Tamer vafot etdi

“Benden Sonra”, “Benim Yerime”, “Yan” va “Adam Olmaz” kabi mazkur qo‘shiqlari orqali ko‘pchilik muxlislar e’tiborini qozongan turkiyalik qo‘shiqchi Riza Tamer 17 aprel kuni 42 yoshida vafot etdi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.

Turkiya OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, xonanda Bodrumdagi uyida o‘zini yomon his qilgach shifoxonaga yetkazilgan, biroq barcha urinishlarga qaramay hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarda uning ahvoli qabul qilgan retsept dorilaridan so‘ng og‘irlashgani aytilmoqda. O‘lim holati shubhali deb topilgani sababli prokuratura tomonidan tekshiruv ishlari boshlangan. Qayd etilishicha, xonandaning o‘limiga aniq nima sabab bo‘lgani sud-tibbiy ekspertiza xulosasidan so‘ng ma’lum qilinadi.

Hozircha rasmiy organlar tomonidan yakuniy xulosa e’lon qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Turk xonandasi Riza Tamer vafot etdi