Turkiyada to‘yda pul yoki tilla o‘rniga kuyovga buzoq sovg‘a qilindi

Turkiyada to‘yda pul yoki tilla o‘rniga kuyovga  buzoq sovg‘a qilindi

Turkiyaning Tekirdag viloyatidagi to‘y marosimida kuyovga odatiy pul yoki tilla o‘rniga kutilmagan sovg‘a — buzoq taqdim etildi.

Tantana davomida mehmonlar kelin-kuyovga an’anaga ko‘ra pul va tilla taqdim etayotgan bir paytda kuyovning bolalikdagi do‘sti zalga buzoq bilan kirib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, g‘ayrioddiy sovg‘a ataylab tanlangan. Chunki do‘stlar ikkalasi ham chorvachilik bilan shug‘ullanadi. U kuyovga uzoq vaqt yodda qoladigan sovg‘a berishni istagan va munosib buzoq topish uchun hatto Chanoqqal’aga borgan.

To‘yga olib kelishdan avval buzoq ham maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. U yuvilib, tarab-sochlari tartibga keltirilgan, oyoqlariga esa rangli lentalar bog‘langan.

Do‘stining aytishicha, buzoq yanada ko‘rkam ko‘rinishi uchun uning juniga soch uchun mo‘ljallangan sprey sepilgan va fen yordamida quritilgan.

Shu tariqa, odatiy to‘y sovg‘alaridan farq qiluvchi tirik sovg‘a marosimning eng esda qolarli lahzalaridan biriga aylangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar