Leonardo Di Kaprio AQSh Adliya vazirligiga o‘ziga tegishli "Oskar"ni topshirdi. Bu haqida bir qator OAV xabar berishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Aktyor vakillarining ma’lum qilishicha, bu kinoyulduzning shaxsiy tashabbusi. Aslida esa aktyor haykalchaning musodara qilinishiga doir sud hukmini dog‘da qoldirishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Bu haykalcha unga "Uoll-stritlik bo‘ri" loyihasi ketidan kelgandi. "Oskar" qachonlardir Marlon Brandoga tegishli bo‘lgan va juda qadrli kolleksion eksponat hisoblangan. Xo‘sh, Di Kaprio nima uchun mukofotdan voz kechdi? Gap shundaki, unga bu mukofotni taqdim etgan "Red Granite Pictures" kompaniyasi hozirda korrupsiya va pul o‘marishda ayblanib, tergov nazoratiga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Leo jinoyatchi kompaniya bilan faqat bu sovg‘a orqali bog‘lanmagan. "Red Granite Pictures" kompaniyasi "Uoll-stritlik bo‘ri"ni moliyalashtirgan: aktyor u erda nafaqat bosh roldagi aktyor, balki prodyuser ham bo‘lgan va tabiiyki, bu pullarning qayerdan kelishini yaxshi bilgan.
Kompaniyaning o‘zi esa moliyaviy resurslarni malayziyalik korrupsioner amaldorlardan olgan. Huquq-tartibot organlari bu kompaniya tomonidan moliyalashtirilgan filmlarning barcha daromadlarini musodara qilmoqchi.
Boshqalar qatorida Leo ham ziyon ko‘radi - u film prodyuseri sifatida qo‘lga kiritgan pullaridan mahrum bo‘ladi. Bu voqea atrofidagi xabarlar Leoning Hollivuddagi karerasini yo‘qqa chiqarishi, shuningdek uning atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida topayotgan obro‘siga putur etkazishi mumkin. Zero uning "kompanonlari" o‘z mamlakatidagi o‘rmon daraxtlarini noqonuniy kesish bilan shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin