Muborak Abdullayevadan quvonchli xabar: «Marry me» suratlari e’tibor markazida

Muborak Abdullayevadan quvonchli xabar: «Marry me» suratlari e’tibor markazida

Aktrisa va bloger Muborak Abdullayeva turmush qurishga rozilik berganini ma’lum qildi. U Instagram sahifasida «Marry me» mavzusidagi suratlarini joylab, izohda «I said “YES”. Alhamdulillah» deya yozib qoldirdi.

Ushbu postdan anglashilishicha, aktrisa o‘ziga turmush qurish taklifini bildirgan yigitga «ha» deb javob bergan. Muborak Abdullayevaning bu xabari kuzatuvchilari orasida quvonchli munosabat uyg‘otdi. Izohlarda ko‘plab muxlislar uni tabriklab, baxt va oilaviy totuvlik tilamoqda.

Qizil kiyimdagi ayolga nikoh uzugi taqilmoqda va gullar sovg‘a qilinmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar