Xonanda Ali Otajonov 39 yoshni qarshi oldi (video)

Bugun, 30 iyul kuni xonanda Ali Otajonov 39 yoshni qarshi oldi va bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida video ulashdi. Yaqinlari unga zarli salyut, bayram tortlari hamda 39 emas, 93 raqamli shamlar bilan kutilmagan syurpriz tayyorladi. Videoda xonanda qizi bilan birgalikda shamlarni o‘chirishi va yaqinlari uni bag‘riga bosib tabriklagani aks etgan. Shuningdek, xonandaning onasi Karomat Otajonova o‘g‘liga ta’sirli tabrik yo‘llab, unga ezgu tilaklar bildirdi.
Bugun, 30 iyul kuni xonanda Ali Otajonov 39 yoshni qarshi oldi. San’atkorning yaqinlari unga unutilmas syurpriz tayyorlab, tug‘ilgan kuni bilan o‘zgacha tarzda tabrikladi.
Xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu quvonchli lahzalar aks etgan videoni ulashdi. Unda yaqinlari zarli salyut, bayram tortlari va 39 emas, balki 93 raqamli shamlar bilan kirib kelib, xonandaga: “93 yoshingda ham mana shunday davrada tug‘ilgan kuningni nishonlash nasib qilsin”, deya ezgu tilak bildirgani aks etgan.
Videoda Ali Otajonov qizi bilan birgalikda shamlarni o‘chiradi. Shundan so‘ng yaqinlari uni bag‘riga bosib tabriklaydi, samimiy suhbat va hazil-mutoyibalar bayramga yanada iliq kayfiyat bag‘ishlaydi.
Xonandaning o‘zi esa video ostiga qisqagina: “1 kam 40 yosh. Happy birthday”, deya izoh qoldirgan.
Ali Otajonovning onasi, Karomat Otajonova ham o‘g‘liga ta’sirli tabrik yo‘lladi. U shunday yozdi:
“Happy birthday, bolajonim! Seni ona bo‘lgan ilk kunim bilan ham tabriklayman! Alloh seni ikki dunyoda ham aziz qilsin. Gavharoy bilan qo‘sha qarib, solih va soliha farzandlarning ota-onasi bo‘lib yuringlar. Umring uzoq, hayrli va barakotli bo‘lsin. I love you always, sweetheart...”
Mazkur video muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, izohlarda xonandaga sog‘lik, uzoq umr va yangi ijodiy zafarlar tilagan samimiy tabriklar yog‘ilmoqda.






























Izohlar 0
…