Begona sayyoralikka o‘xshagan bu ulkan qurtning siri nimada?

1 daqiqa o'qish6
Begona sayyoralikka o‘xshagan bu ulkan qurtning siri nimada?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Cabbage Tree Moth kapalagining qurti o‘zining g‘ayrioddiy tikanli ko‘rinishi va yorqin ranglari bilan ajralib turadigan, inson uchun mutlaqo bezarar jonzotdir.
  • Uzunligi 70 millimetrga yetadigan bu qurtlarning tikanlari yumshoq bo‘lib, yorqin ranglari yirtqichlarni cho‘chitish uchun xizmat qiladi.
  • Tropik Afrikaning ayrim hududlarida aholi ushbu qurtlarni yuqori ozuqaviy qiymati sababli oziq-ovqat sifatida iste’mol qiladi.

Tashqi ko‘rinishi bilan fantastik filmlardagi begona sayyoralik jonzotlarni eslatuvchi ushbu ulkan qurt tabiatdagi eng g‘ayrioddiy hasharotlardan biri hisoblanadi. Gap Cabbage Tree Moth kapalagining qurti haqida ketmoqda. U yirik o‘lchami va tikanlarga o‘xshash tashqi qoplamasi bilan ajralib tursa-da, aslida inson uchun mutlaqo bezarar.

Ushbu qurtning uzunligi 70 millimetrga (2,8 dyuym), diametri esa taxminan 15 millimetrga (0,59 dyuym) yetadi. U tashqi ko‘rinishi va ranglarining xilma-xilligi bilan dunyodagi eng diqqatga sazovor qurtlar qatoriga kiradi. Ularning ayrimlari o‘tkir ko‘rinishdagi oq tikanlari bilan qoplangan qop-qora rangda bo‘lsa, boshqalari qizil tanasi va sariq tikanlari bilan ajralib turadi. Bunday g‘ayrioddiy ranglar va shakllar ularga go‘yo boshqa sayyoradan kelgan jonzot qiyofasini beradi.

Qurtning tanasidagi tikansimon qoplamasi ko‘pchilikda xavfli jonzot ekan degan tasavvur uyg‘otishi mumkin. Ammo bu tashqi ko‘rinish aldamchi. Ularning tikanlari qattiq emas, aksincha, yumshoq va eziluvchan bo‘ladi. Yorqin ranglari esa tabiiy himoya vositasi vazifasini bajarib, yirtqichlarni ularga yaqinlashishdan qaytarishga xizmat qiladi.

Qizig‘i shundaki, fantastik filmlardagi odamxo‘r begona sayyoralik maxluqlarga o‘xshash ushbu qurtlar aslida iste’mol qilishga yaroqli hisoblanadi. Tropik Afrikaning ayrim hududlarida mahalliy aholi ularni oziq-ovqat sifatida iste’mol qiladi. Katta hajmi va ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgani sababli bu qurtlar iqtisodiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, ushbu qurtlar juda ishtahali bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘zlari oziqlanadigan karam daraxtlarining barcha barglarini yeb bitirishi mumkin. Ular o‘simlik barglarini shunchalik tez iste’mol qiladiki, daraxt qisqa muddat ichida barglaridan ayrilib qoladi.

Qurtlar to‘liq kattalikka yetgach, oziqlanayotgan daraxtidan pastga tushadi va uning atrofidagi tuproqqa kirib, g‘umbakka aylanadi. Ma’lum vaqt o‘tgach, g‘umbakdan qanotlarida murakkab va chiroyli naqshlari bo‘lgan yirik jigarrang kapalaklar uchib chiqadi.

Tabiatda bunday g‘ayrioddiy qurtlar juda ko‘p. Ular orasida o‘ziga xos ovoz chiqarishi bilan ajralib turadigan qurt, tanasining ichki qismlari ko‘rinib turadigan shaffof qurt hamda daraxt shoxiga o‘xshab ko‘rinadigan qurtlar ham bor. Ularning har biri tashqi ko‘rinishi va himoyalanish xususiyatlari bilan tabiatning naqadar rang-barang va hayratlanarli ekanini namoyon etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?