
Anchadan buyon ko‘rinish bermay qo‘ygan xonanda Tohir Usmonov tanaffus sabablarini oshkor etdi. Xonanda tez orada bo‘ydoqlik bilan xayrlashish arafasida, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Ma’lumotlarga qaraganda, kuni kecha xonandaning to‘y oldidan fotiha marosimi bo‘lib o‘tgan. To‘y sanasi esa Tohir Usmonovning tavallud kuniga – 7 sentyabrga belgilangan.
Ayni damda to‘yga tayyorgarlik ishlari ila yurgan Usmonov bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishganiga qariyb bir yil bo‘lgan. Kelinning kasbi esa dizayner. Endilikda Tohir Usmonovda kiyim-kechakdan muammo bo‘lmasligi aniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar