O‘zbek xonandalaridan biri endi kuylamasligini ma’lum qildi

Xonanda “Kuylamayman, boshqa ish qilaman!”, deb aytdi.
Sayyod saytiga asoslanib Uz24 yozishicha, xonanda Asilbek Negmatov saytga murojaat qilib, shu xabarni chop etishni iltimos qilgan. Sayt tomonidan “Nega bunday qarorga keldingiz? Sabab?”, deb so‘ralganda, xonanda: “Bu piar emas, shunchaki tinchlik va normal hayot tarzini istayapman. Uy muhitiga moslashgan odamman, bedor tunlaru tinimsiz safarlar bilan betartib turmush tarzi ketyapti. Oddiy ish, uy va tinchlikni xohlayman. Boshqa soxada ishlayman, 2 ta nonga odamni qorni to‘yadi, dabdabaga intilmaganman. Tinchlik- xotirjamlik o‘zi katta baxt... Bu soha meniki emas ekan, bu qarorga allaqachon kelishim kerak edi. Xa, balki xavas va xobbidir ammo men charchadim.... Estradaga chiroyli kirdim va chiroyli ketishni istayman”, deb javob bergan.
Saytning qayd etishicha, Asilbek Negmatov o‘zining ajabtovur raqsga tushishi bilan o‘zbek estradasida tanilgan edi. U Asilbek Amanulloh taxallusi bilan ijod qilayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing