18:06 / 05.07.2017
6 624

“Maftuningman-2” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (Video)

“Maftuningman-2” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (Video)
Go‘zal va jannatmakon O‘zbekiston haqidagi chet el mamlakatlari tasavvurini yangilash, yurtimizning bor chiroyini dunyoga ko‘rsatish va shu orqali xorijlik sayyohlarni vatanimizga chorlash maqsadida “Dono Productions” kinokompaniyasi ishchi nomi “Maftuningman-2” bo‘lgan yirik kinoloyihaga qo‘l urilgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Film “Sevginator”, “O‘zimdan o‘zimgacha”, “Dada” kabi o‘nlab muvaffaqiyatli filmlar rejissyori Abduvohid G‘aniev tomonidan suratga olinmoqda. Yangi film o‘zbek kinosining durdonalaridan biri bo‘lgan “Maftuningman” (1958y.)ning rimeyki yoki davomi emas, balki O‘zbekiston bo‘ylab iqtidorlarni qidirib topishga yo‘naltirilgan g‘oyani o‘zida mujassam qilgan.

Film syujetiga ko‘ra fransiyalik yosh rejissyor Fransua O‘zbekistondagi hamkasbi taklifi bilan yurtimizga tashrif buyuradi. Yosh rejissyor Murod ayni mehmon kelishi arafasida yangi film uchun buyurtma olgan va butun O‘zbekiston bo‘ylab iste’dodlarni qidirishga otlangan bo‘ladi. Vaqt tig‘iz bo‘lgani uchun Murod mehmonni, ya’ni Fransuani kasting o‘tkazish uchun barcha viloyatlar bo‘ylab xizmat safariga olib ketadi.

Ayni shu safar davomida O‘zbekistonning bor go‘zalliklari fransuz rejissyori ko‘zi bilan namoyon bo‘ladi. Azaliy qadriyatlar, urf-odatlar, o‘zbekistonliklarning turmush tarzi sodda va tinib-tinchimas Fransuaning qiziqish ob’ektiga aylanadi. Boysun, Buxoro, Samarqand, Xiva, Farg‘ona vodiysi – xullas yurtimizning barcha diqqatga sazovor turistik ob’ektlari bo‘ylab safar davom etadi. Filmda nafaqat tarixiy obidalar, balki madaniy meros – buxorocha, xorazmcha folklor, farg‘onacha askiya, raqslar judayam qiziqarli uslubda ochib beriladi.

Xizmat safari davomida ular respublikaning to‘rt burchagidan 4 nafar iste’dodlarni topishadi. Musiqali komediya janrida olinadigan filmda 4 ta qo‘shiq (har bir iqtidor ijrosida), 1 ta umumiy qo‘shiq (O‘zbekiston haqida, o‘zbek, rus va ingliz tilida, 4 kishi tomonidan) ijro etiladi. Bundan tashqari 10 ga yaqin folklor ijrolari bor.

Filmning tasvirga olish ishlari 2017 yil may-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘ylab bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda Toshkent shahrida tasvirga olish ishlarining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. E’tiboringizga filmning ilk tizerini havola qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Maftuningman-2” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (Video)
ePN