22:43 / 06.07.2017
6 248

Bahrom Nazarov “Nahotki”ning turkcha klipdan o‘g‘irlanganiga izoh berdi

Bahrom Nazarov “Nahotki”ning turkcha klipdan o‘g‘irlanganiga izoh berdi
Bundan bir necha kun avval xonanda Bahrom Nazarovning muxlislarga manzur bo‘lgan taronalaridan biri “Nahotki”ga ishlangan klipi aslida o‘g‘irlangan bo‘lib chiqqani haqida saytimizda xabar bergandik.

Ma’lum bo‘lishicha, “Nahotki” klipining g‘oyasi turk xonandasi Mustafa Ceceli`ning Illede ask klipidan o‘g‘irlangan.

Mazkuz vaziyat yuzasidan xonanda Bahrom Nazarov, klipning g‘oya muallifi Anvar Haydarov hamda rejissyori Sunnat Namozovlar o‘zi fikrlarini bildirishdi:

Anvar Haydarov (g‘oya muallifi):
Kimningdir aybini aytish, uni ko‘rsatish oson ish, kimgadir shu klip g‘oyasidan foydalanganimiz ma’lum bo‘libdi-yu, ammo klipni birga bir ko‘chirmaganimiz, o‘zimizdan ham fikr qo‘shganimiz ma’lum bo‘lmapti. G‘oya mendan chiqqan edi, ammo bugungi kunda ikkala klipni taqqoslayotganlar faqatgina aynan ko‘chirilgan kadrlar bilan maqtanishmoqda. Aslida “Istiqlol” saroyidagi kadrning o‘ziga bir kundan ortiq vaqtimiz ketgan, uni hech kim hisobga olmayapti. Klip rejissyori Sunnat Nomozovda “Nahotki” qo‘shig‘ining klipi uchun g‘oyalar ko‘p edi, biroq shu g‘oya yaxshi ekanligini qayta-qayta takrorlab, ko‘chirma variantni o‘tkazishga oxirigacha kurashdim. Sababi bu g‘oya muxlislarimizga tezroq etib borishiga, ular tez qabul qilishiga ishondim. To‘g‘risi o‘sha klipni birinchi marta ko‘rganimdayoq menga juda ham yoqdi, shu klipni muxlislarimizga ham ilinmoqchi bo‘ldim, klip g‘oyasi yaxshilikka xizmat qilgani uchun ham shuni ilgari surgan edim. Bu dunyoda hech narsa o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lib qolmaydi, qaysidir ijodiy mahsulot, boshqa bir ijodiy mahsulotga qiyosan dunyo yuzini ko‘radi. Bu orqali kimningdir ishiga qo‘shimcha ish qo‘shib, kimgadir ortiqcha tashvish orttirgan bo‘lsak uzr so‘rayman.

Sunnat Namozov (klip rejissyori):
“Nahotki” klipi xonanda Bahrom Nazarov bilan ijodiy hamkorlikdagi uchinchi video klip hisoblanadi. Xonanda Bahrom Nazarovning mazkur qo‘shig‘i o‘zimga ham juda yoqqanligi sababli, unga 3-4 ta orginal, takrorlanmas g‘oya o‘ylagan edim. Ammo Anvar Haydarov ushbu g‘oya bilan qo‘shiq yanada tezroq muxlislarga etib borishi haqidagi fikrlari ijodiy jamoani fikrini o‘zgartirdi. Klip birga bir qilib, 100% ko‘chirilmadi, menimcha buni ikkala klipni ham ko‘rgan muxlislarimiz yaxshi bilishayotgan bo‘lishsa kerak.

Bahrom Nazarov, xonanda:
“Nahotki” qo‘shig‘imizning klipiga juda ko‘p g‘oyalar o‘ylandi. O‘shalar orasida Anvar Haydarovning g‘oyasi ijodiy jamoamizga ham, menga ham birdek ma’qul bo‘ldi. Shunga o‘xshash g‘oya boshqa bir xonandada ham borligini aytganida, unda o‘sha g‘oyaga yondosh g‘oya izlab topishlarini, qiyosan olishlarini so‘ragan edim. Klipni birga bir ko‘chir degan fikr hech qachon bo‘lmagan. Haqiqatdan ham suratga olish ishlari boshlanganida, tasvirga olish ishlarining teng yarmi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tdi. Klip rejissyori talab qilgan barcha narsani unga hozirlab berdik. Tan olish kerak, garchand Mustafa Chechelining klipi boshqa g‘oyaga, bizning qo‘shig‘imiz umuman boshqa g‘oyaga xizmat qilsada, haqiqattan ham uning klipiga o‘xshab qolibdi. Hozir “hamma o‘z ishini qilishi kerak edi, bu erda g‘oya muallifi yoki rejissyor aybdor, men faqat qo‘shig‘imga javob beraman”, desam ham insofdan bo‘lmaydi. Demakki, bu erda barchamizning ham o‘zimizga yarasha aybimiz bor.

Xulosa o‘rnida
Mana ijodkorlarning fikrlariga guvohi bo‘ldingiz. Xonandaning “Nahotki” taronasi darhaqiqat omadli taronalaridan biri sifatida e’tirof etilgan bir paytda uning ortidan “o‘g‘irlangan”, “ko‘chirilgan” degan fikrlar kelib chiqishi noxush holat, albatta. Bunday salbiy fikrlar yuzaga kelmasligi uchun nima qilish kerak? Birinchidan, izlanish kerak, takrorlanmas, hech kimda uchramaydigan g‘oyalar topish, ularni yaratishdan, muxlislarga taqdim etishdan qo‘rqmaslik kerak. Afsuski, bugun ijodkorlarimiz nima sababdandir kimdir tomonidan avvalroq yaratilgan va tomoshabin tomonidan qabul qilib bo‘lingan tayyor mahsulotdan foydalanish omadliroq bo‘ladi, degan fikrda to‘xtalishadi. Aslida o‘sha tayyor g‘oyani ham o‘zlariga o‘xshagan ijodkorlar o‘ylab topgan-ku.

Nahotki, ijodkorlar, ichidagi sermazmun ma’nodan kelib chiqib “Nahotki”ni original video bilan taqdim etishdan qo‘rqqan bo‘lishsa?!

Har nima bo‘lganda ham kelgusida sermahsul ijod qilayotgan ijodkorlarimiz yaratayotgan tarona va videolarini hech kim e’tiroz bildira olmaydigan darajada suratga olish darajasiga etishadi deb, umid bildirib qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bahrom Nazarov “Nahotki”ning turkcha klipdan o‘g‘irlanganiga izoh berdi