19:39 / 28.07.2017
8 715

AQShlik olim Cho‘lponning "Kecha va kunduz"ini ingliz tiliga tarjima qildi

AQShlik olim Cho‘lponning "Kecha va kunduz"ini ingliz tiliga tarjima qildi
O‘zbekning durdona asarlaridan biri Cho‘lponning “Kecha va Kunduz”i AQShlik olim Kristofer Fort tomonidan ingliz tiliga o‘girildi va AQShda chop etilish arafasida. Kristofer Fortning aytishicha u o‘zbek adabiyoti va tarixiga juda qiziqadi. Tarjimon Cho‘lponning 1980 yillarda chop etilgan “Kecha va kunduz” asarini ingliz tiliga o‘girgan. Uning aytishicha asarning ayni shu nusxasida Gorkiydan epigraf keltirilgan bo‘lib, keyingi bosmalarda bu epigraf kiritilmagan.

Tarjimon asarni to‘liq emas, deb hisoblaydi. U davr zulmi va senzurasi oqibatida asar to‘liq chop etilmagan bo‘lishi mumkin, hamda asarning ikkinchi “Kunduz” qismi ham bor degan tahminda. Kristofer asarni tarjima qilishda ayrim so‘zlarni o‘z holicha qoldirganini aytdi. Masalan “maxram” so‘zining ingliz tilidagi muqobil varianti bo‘lmagani sababli unga tushuntirish berib o‘tilgan. Shu kabi boshqa ayrim so‘zlarning ham ma’nosi kengroq ochib berilgan. Tarjimon aynan nima uchun Cho‘lponning asariga qiziqib qolganining ham o‘z tarixi bor.

Kristofer avval Sobiq sovet davlatlari tarixi va siyosatiga qiziqib manbalarni o‘rgana boshlagan. Keyinchalik esa siyosatdan bezib, adabiyotga qiziqishi ustun kelgan. Kristofer nazmda ham bir nechta tarjimalarga qo‘l urgan. Iqbol Mirzoning shogirdlarining ham bir nechta she’rlarini ingliz tiliga qofiyasini saqlagan holda o‘girishga muvaffaq bo‘lgan. Xozirda AQSh adabiyotida qofiyali she’rlarni uchratish qiyin, ammo bizning muallif nazmni ham yurdoshlariga qofiyada etkazishga erishdi.

Kristofer rus adabiyotiga ham ixlosi balandligini va Rossiyada ham tadqiqotlar olib borishini aytdi. Uning so‘zlariga qaraganda u o‘zini O‘zbekistonda ko‘proq erkin his qiladi. Kristofer Fort ayni damda Toshkentda bo‘lib, yana yangi asarlar ustida ishlarni davom ettirmoqda.

Manba: Dia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » AQShlik olim Cho‘lponning "Kecha va kunduz"ini ingliz tiliga tarjima qildi