22:39 / 03.08.2017
8 353

Taniqli san’atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi

Taniqli san’atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi
3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda “Ilhom” yangi jamoat fondi tashkil etiladi. Bu jamoat fondi bastakorlar, yozuvchilar, jurnalistlar va rassomlar uchun bo‘ladi.

Shuningdek, Zominda “Yozuvchilar uyi” qurilishi ma’lum qilingan. U erda bitta xona har bir yozuvchiga ijod qilish uchun bir yilga beriladi. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Oliy adabiyot kursi tashkil etiladi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, madaniyat vaziri O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rektor bo‘ladi. Madaniyat vazirligiga esa Taras Shevchenko ko‘chasidagi “Asakabank” binosi beriladi.

Madaniyat va san’at oliygohlari, san’at-musiqa maktablari faoliyati tubdan ko‘rib chiqiladi. Har bir musiqa maktabiga taniqli san’atkorlar direktor etib tayinlanadi. Xususan, Ozodbek Nazarbekov, G‘ulomjon Yoqubov, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova shunday maktablarga direktor bo‘lishi aytilgan. Bundan tashqari, Afzal Rafiqov yosh diktorlar maktabiga rahbar bo‘lishi xabar berildi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli san’atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi