date

Mayamidagi ko‘rgazmadan Pikassoning ishi o‘g‘irlab ketildi

Mayamidagi ko‘rgazmadan Pikassoning ishi o‘g‘irlab ketildi

Mayamida bo‘lib o‘tayotgan «Art Bazel» zamonaviy san’at festivali vaqtida ispaniyalik rassom va haykaltarosh Pablo Pikasso ijodiga taalluqli kumush taqsimcha o‘g‘irlab ketildi. Bu o‘g‘irlangan san’at asarining narxi 85 ming dollarga baholanmoqda, Bu haqida «lenta.ru»ga asoslanib «kun.uz» xabar bermoqda.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu jinoyat 5 dekabr kuni kechasi sodir bo‘lgan. Ko‘rgazma zallari butun kun davomida qo‘riqlanadi, biroq kuzatish kameralari hamma joylarga ham qo‘yilmagan. O‘g‘irlik sodir etilgan payt kameralarga qayd qilinmagan.

Ko‘rgazmada bundan ham qimmatroq asarlar bo‘lganiga qaramasdan, jinoyatchilar faqatgina shu san’at asarini olishgan.

«Visage aux mains» («Qo‘llardagi yuz») deb nomlanuvchi bu taqsimcha 1956 yilda Pikasso tomonidan yaratilgan 20 ta kumush idishdan biri hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Mayamidagi ko‘rgazmadan Pikassoning ishi o‘g‘irlab ketildi