6 293
Arnold Shvarsenegger «Terminator»ning oltinchi qismida suratga tushishini tasdiqladi
Amerikalik aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger «Terminator» filmining oltinchi qismida suratga tushadi. Bu haqda «TASS»ga tayanib, «Daryo» nashri xabar berdi.
«Kelgusi yilning mart oyida ‘Terminator’ning suratga olish ishlariga kirishaman. Rejissyor Jeyms Kemeron va prodyuser Devid Ellison suratga olish guruhining tarkibiga qaytadi», — deya telekanal 30 iyul kuni 70 yoshni qarshilagan Shvarsenegger so‘zlarini keltiradi.
Kemeron fantastik filmning oltinchi qismini suratga olish qarorini tasdiqladi va Kaliforniya sobiq gubernatori terminator rolini emas, uning prototipi — inson rolini ijro etishini ma’lum qildi. «O‘zingizdan so‘rab ko‘ring, nega barcha personajlar Arnold kabi ko‘rinishga ega va uningdek gaplashishadi. Buning sababi bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, menda prototip bo‘lishi kerak degan fikr paydo bo‘ldi», — dedi dunyoda eng yaxshi daromad keltiradigan rejissyorlardan biri hisoblangan Kemeron.
Shvarsenegger Avstriyaning Grasa shahri yaqinidagi Tal qishlog‘ida 1947 yilda tug‘ilgan. 21 yoshida AQSh kelib bodibilding sportida mashhurlikka erishgan. U ishtirokidagi Conan the Barbarian (1982 yil), The Terminator (1984 yil), Commando (1985 yil), Predator (1987 yil), Total Recall (1990 yil) filmlari mashhurlikka erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi