AQShning Arizona shtati muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan, niderlandiyalik rassom Villem de Kuningning “Oxra ayol” (Woman-Ochre) surati yo‘qolgandan 31 yil o‘tgach topildi.
“Biz bu ish galereyalarimizda namoyishga qo‘yilishidan xursandmiz. Bu ayniqsa juda hayajonli ondir, chunki surat muzeyga Edvard Jozef Gallaxer tomondan sovg‘a sifatida xayriya qilingan», deb aytgan muzey direktori Meg Xegiyard.
Qadimiy buyumlar sotuvchisi Devid Van Auker suratni xususiy kolleksiyani ko‘rish vaqtida boshqa san’at buyumlari bilan birgalikda 2 ming dollarga sotib olgan. So‘ngra u suratni do‘konida sotuvga qo‘ygan. Xaridorlar bir necha marta suratning de Kuningning asariga o‘xshashligini ta’kidlashgandan keyin Van Auker Arizona muzeyiga murojaat qilgan. Muzey mutaxassislari suratni tekshirib, uning haqiqiy ekanligini tasdiqlashgan.
Muzey ma’lumotlariga ko‘ra, surat noma’lum erkak va ayol tomondan 1985 yilda o‘g‘irlab ketilgan. Ularga o‘g‘rilikni amalga oshirish uchun 15 daqiqa kifoya qilgan: ayol qo‘riqchilarni chalg‘itayotgan bir paytda erkak suratni ramkasidan qirqib olgan.
Surat narxi ma’lum qilinmagan, biroq AQShning National Public Radio radiosi avvalroq surat 160 mln dollarga baholanishini aytib o‘tgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar