8 363
Madaniyat vaziri Mahmud Nomozov va Hosila Rahimovani topshiriqlardan bo‘yin tovlashda aybladi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev taniqli xonandalar ishtirokida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida yig‘ilish o‘tkazgani, unda “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” tashkil etilgani va klub raisligiga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Baxtiyor Sayfullaev o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 avgust kuni ijodkorlar ziyolilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi aytgan gaplariga to‘xtalib, ayrim xonandalarni tanqid qildi.
Baxtiyor Sayfullaev qayta-qayta xonandalarga yalinish darajasiga etib borilganini ta’kidlarkan, uning navbatdagi tanqidlari O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimovaga qaratildi.
“Prezidentimiz baxshilik maktabi yo‘q bo‘lib ketmasin deb Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilik san’ati uchun alohida maktab yaratib berdilar. Bu san’at bugun yo‘q bo‘lib ketish darajasiga etgandi. Qoraqalpoq va Surxondaryo-Qashqadaryo baxshilik maktabi bir-biridan farq qiladi. Qoraqalpoq baxshilari allaqachon o‘z maktabini yaratgan”, deydi vazir.
Baxtiyor Sayfullaevning fikricha, 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin ham ayrim san’atkorlar o‘zida mas’uliyatni his etmagan.
U O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimga baxshilar maktabi tashkil etilishi munosabati bilan qo‘shiq uchun she’r yozib berishini iltimos qilgani, she’r tayyor bo‘lgach, qo‘shiqni kuylash san-salor qilinganini aytadi.
“Mahmud Nomozovga she’rni berdik, ketdi... Hosila Rahimovaga men o‘zim yalindim. Qachongacha xonandalarning ortidan yalinib yurish kerak? Bitta qo‘shig‘ingni ber baraka topgur, bir yilda bir marta bo‘ladigan tadbirda Prezidentni yoniga seni olib chiqay, deb qachongacha gapiramiz. To‘g‘ri, biz u yo‘q, bu yo‘q deb talab qilishga o‘rganib qolganmiz. Prezidentimiz ham uchrashuvda aytdilar, nima kerak sizlarga deb”, deydi Baxtiyor Sayfullaev.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri san’atkorlar orasidagi nomaqbul holatlar haqida kuyunib gapirar ekan, nafaqat katta san’atkorlar, balki yoshlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini ham mukofotlanganining ertasigayoq topib bo‘lmasligi, ular jamiyat xizmatidan o‘zlarini olib qochishlarini bot-bot takrorladi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi