
“O‘zbekkino” milliy agentligiga bosh direktor etib ilmiy-ommabop filmlar kinostudiyasi rahbari Furqat Zokirov tayinlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston24 telekanali.
Undan tashqari “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh redaktori Shuhrat Rizaev “O‘zbekkino”direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Nizomiy Jalolov iqtisodiy masalalar bo‘yicha Milliy agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida qoldi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekkino»ning sobiq rahbari, akter va jurnalist Otabek Musaev agentlikka 2016 yilning yanvar oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar