Qiziqchi Shukurullo Isroilov yangi lavozimga tayinlandi

Qiziqchi Shukurullo Isroilov yangi lavozimga tayinlandi

Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda uning administratori ma’lum qilgan.

Shukurullo Isroilov 1970 yil 14 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U bolaligida musiqa maktabining rubob sinfida tahsil olib, turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. Keyinchalik Sharqshunoslik va Iqtisodiyot universitetlarida ta’lim olgan.

San’atkor ijodiy faoliyatini 1982 yilda boshlagan. Keyinchalik qiziqchilik yo‘nalishida faoliyat yuritib, Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi “Mirzo” teatrining taniqli vakillaridan biriga aylangan.

U yoshligida oilasiga yordam berish uchun bir qator ishlarda faoliyat yuritganini intervyularida aytib bergan.

So‘z ustasi bugungi kungacha sahnadagi chiqishlari, teleko‘rsatuvlardagi ishtiroki va hajviy ijrolari bilan tomoshabinlarga tanish.

Endilikda 56 yoshli san’atkor Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rahbariyatida faoliyat yuritadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar