16:21 / 26.09.2017
8 036

Xonanda Botir Qodirov Yevropaga nega ketdi?

Xonanda Botir Qodirov Yevropaga nega ketdi?
O‘zbek san’atkorlari orasida Botir Qodirov o‘zining ovozi, yo‘nalishi, qolaversa, qo‘shiqlari bilan ajralib turadi. 10 yildan ortiq vaqt mobaynida katta sahnada bo‘lgan ijodkor ayni vaqtda gastrol safari bilan Yevropada.

Xonandaning tahririyatimizga xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik hamda madaniy munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida biznes forumlar, rasmiy qabullar doirasida davlat muassasalarida diplomatik korpus vakillari hamda mehmonlar uchun konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Kecha, 25 sentyabr kuni Germaniyaning Frankfurt shahriga yetib borgan Botir Qodirov hamda uning bir guruh sozandalari bugun, 26 sentyabr kuni Bryusselda konsert dasturini taqdim etadi.

Xonandaning keyingi manzili — Gollandiyaning (Niderlandiyaning) Gaaga shahri. 3 oktyabrga qadar davom etadigan gastrol safari Italiyaning Rim shahrida nihoyasiga yetadi. Bir hafta davomida Botir Qodirov Fransiyaning Parij, Italiyaning Milan shaharlarida konsert taqdim etadi.

O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik hamda madaniy munosabatlarni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan Botir Qodirovga omad tilab qolamiz!

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Botir Qodirov Yevropaga nega ketdi?