Ulug‘bek Rahmatullayevdan muhabbat qissasi - "Yonimda" (klip)

Ulug‘bek Rahmatullayevdan muhabbat qissasi - "Yonimda" (klip)
8 noyabrdan 13 noyabrgacha "Istiqlol" san’at saroyida yakkaxon konsertini taqdim etishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev kuni kecha bir qator radioto‘lqinlar orqali "Yonimda" qo‘shig‘ini premera qilgandi, deb yozadi Darakchi nashri.

Ana endi Nodir Azimov so‘zi, Oybek Rasulov musiqasi bilan kuylangan mazkur qo‘shiqning klipini ham ko‘rishingiz mumkin. O‘ziga xos muhabbat qissasidagi sadoqat hech bir muxlisni befarq qoldirmasligi shubhasiz.

Klip rejissyori Yodgor Nosirov. Mazkur ijod na’munasida rollarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zuhra Ashurova, professional aktyorlar Bobur Yo‘ldoshev va Shahlo Temirova ijro etishgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar