
12 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida O‘zbekiston xalq artistlari klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Klubning asosiy vazifalari, chora-tadbirlari keng muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini keng nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalq artistlari ishtirokida gala-konsert tashkil etish taklifi ma’qullandi.

Bunday tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan hasharchilarga madaniy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan konsert tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar