5 697
Shoh Jahon Jo‘rayev: «Jonli ijroning ahamiyati shundaki, haqiqat yuzaga chiqadi, san’at tozalanadi»
Sherali Jo‘rayevning to‘ng‘ichi o‘ziga xos shov-shuvlari bilan keng ommaga tanilgan. U Markaziy Osiyoda Elvis Presli imijiga taqlid qiluvchi yagona xonanda sanaladi. U yangi imijini mualliflik huquqi bilan himoyalashga harakat qilib, ommadan boshi baloga qolgan xonanda. U konserti afishalarida mo‘ylovi bilan ko‘ringan, biroq, sahnada o‘z uslubining bosh elementi – mo‘ylovidan voz kechib, namoyon bo‘lgan qo‘shiqchi…
Xullas, Shoh Jahon shou-biznes olamida o‘z o‘rniga ega yulduzga aylangani rost. Eng muhimi, Shoh Jahon jonli kuylab, el orasida hurmat qozondi. To‘yda yo konsertda – Farruh Zokirov yurtimizda rivojlantirgan fonogrammadan deyarli foydalanmaydi. Axir, u jonli ijroning haqiqiy darg‘asi oilasida voyaga yetgan…
Shoh Jahon Jo‘rayevga 8 ta savol berdik. Qora shlyapa, qora ko‘zoynak, qizil charm kurtka va sumka… Kiyinib qo‘yishni juda boplaydi-da, deysizmi? Keling, uning 8 javobini ham bir baholang-chi?!
1.Jonli ijroning ahamiyati haqida nimalar deya olasiz?
-Jonli ijroning ahamiyati shundaki, haqiqat yuzaga chiqadi, san’at tozalanadi.
2.Sherali Jo‘rayev – jonli ijroning “Sher”i! U kishidan boshqa yana kimlarni tan olasiz?
-Vazirlar, odatda, ko‘p bo‘ladi. Qirol esa hamisha bitta bo‘lgan. Men ham shu san’at qirolinigina tan olaman.
3.Jonli ijroning bosh qoidasi nima?
-San’at uchun chin vafodorlik!
4.So‘rovnoma o‘tkazmoqdamiz. O‘sha 8 nomzoddan qay birini jonli tinglab, qoyil qolgansiz? (Instagram va Facebook`dagi sahifalarimizni kuzating! J.H.)
-Men dunyo tan bergan sanatkorlarga havas qilaman, qoyil qolaman.
5.Ukangiz Zohir Shohning jonli ijrosida qanday kamchiliklar bor?
-Inson borki, kamchiliklardan xoli emas. Hatto buyuklar ham bir umr kamchiliklari bilan kurashgan.
6.Shoh Jahonning eng katta yutug‘i nimada?
-Shunday tinch va jannatmakon yurtda tug‘ilib, go‘zal imkoniyatlardan foydalanib, jonli konsertlar berish uchun sharoitlar yaratilganiga Yaratganga hamd.
7.Otangizning jonli ijro bobida aytgan qaysi maslahatlari qulog‘ingizda?
-Otam xalqni aldamay, pokiza xizmat qilish san’atkorning burchi ekanini aytadi.
8.Raqifangiz va farzandingizga qaysi qo‘shiqlaringiz yoqadi?
-Farzandlarim “Jayra”, “Chekka qishloq” kabi sho‘x qo‘shiqlarimni yodlab olgan. Bir oydan beri kaminani “Kim edigu kim bo‘ldik”ni aytib, uyg‘otishyapti.
San’atkorni oynai jahonda suvratini ko‘rasiz, uning fikrlari esa siyrati haqida ozmi-ko‘pmi xulosa qilishga undaydi. Yuqoridagi blits-intervyu sizga nimadir bera olgan bo‘lsa, xursandmiz.
Manba: Shov-shuv.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi