07:30 / 21.12.2017
8 888

“Oskar”ning bosh sovriniga da’vogar filmlar ro‘yxati...

“Oskar”ning bosh sovriniga da’vogar filmlar ro‘yxati...
AQSh kinematografiya san’atlari va fanlari akademiyasi yilning eng yaxshi filmi yo‘nalishida “Oskar” mukofotiga da’vogar filmlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, bu ro‘yxatdan 341 ta film joy olgan. Keyinroq da’vogarlar yana saralanib, qisqa ro‘yxat tuziladi. Akademiya qoidalariga ko‘ra, “Oskar”ga da’vogarlik qiluvchi film davomiyligi 40 daqiqadan kam bo‘lmasligi va Los-Anjelesdagi istalgan kinoteatrda kamida 7 kun namoyish qilingan bo‘lishi kerak.

Ro‘yxatga ko‘ra, da’vogarlar orasidan “Mo‘’jiza ayol”, “Tig‘ ustidan yuguruvchi 2049”, “Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydilar”, “Nari ket”, “Dyunkerk” va “Kingsman: Oltin halqa" filmlari o‘rin olgan.

2018 yil 23 yanvarda e’lon qilinadigan yakuniy ro‘yxatga 5 tadan 10 tagacha film kirishi mumkin. “Oskar”ning yubiley – 90-sondagi marosimi 2018 yil 4 mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Oskar”ning bosh sovriniga da’vogar filmlar ro‘yxati...