13:38 / 23.12.2017
7 468

Selena Gomesning onasi Jastin Biber sabab shifoxonaga tushdi

Selena Gomesning onasi Jastin Biber sabab shifoxonaga tushdi
Mana bir necha oydirki, xonandalar Selena Gomes va Jastin Biber munosabatlari qayta tiklangan. OAV esa tez orada Jastin Selenaning qo’lini so’rash niyatida ekanligini ham ma’lum qilmoqda.

“Jastin Selenaga o’z qo’li va yuragini huddi majbur inson kabi taklif qilmoqchi emas. U o’zini ko’rsatishi kerak deb biladi. Shuningdek, Biberni suyuklisining oilasidagi kelishmovchiliklar ham to’xtatib turibdi. Selena esa fursat poylayapti” deydi juftlikka yaqin bo’lgan va ma’lumot yetkazgan inson.

Aytishlaricha, Jastinning bunday qarorga kelishiga Selenaning buyrak ko’chirib o’tkazish operatsiyasini boshdan kechirgani, shuningdek teri silidan ham aziyat chekkani sabab bo’lmoqda. “Hayot qisqa va Jastin istalgan paytda holat yomonlashishi mumkin ekanligini biladi” deydi insayder.

Biroq Selenaning yaqinlari, ayniqsa volidasi ushbu munosabatlarga qat’iy ravishda qarshilik ko’rsatmoqda. Xonandaning yaqinlarini uning yuragini ko’p bor parchalagan inson bilan qayta topishib olganidan havotirga tushishgan. Bundan tashqari, Selenaning onasi qizi bilan yuzaga kelgan Jastin mavzusidagi munozaradan so’ng shifoxonaga tushib qoldi. Xabarda aytilishicha, xonandaning onasi juftlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganiga qarshilik qilyapti.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Selena Gomesning onasi Jastin Biber sabab shifoxonaga tushdi