Kuni kecha, 28 dekabr kuni Istiqlol san’at saroyida ispan xonandasi Enrike Iglasiasning konserti bo‘lib o‘tdi. Erkin ruhda o‘tgan konsertda xonanda muxlislar bilan muloqot qildi, ular bilan birga kuyladi. Ochig‘i, o‘zbek shou-biznesi uchun xos bo‘lmagan bunday erkinlik o‘zbek san’at shaydolarini biroz esankiratib qo‘ydi chog‘i. Chunki, konsertga kelgan yoshlar mazza qilib qo‘shiq tinglash o‘rniga san’atkorga rosmana xalal berishdi. Buni konsertdan olingan videolardan ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozim, Enrikejon ham o‘zimizga o‘xshagan, Xudoning ojiz bandasi ekan! Konsertidan fonogrammadan foydalanib, o‘zbek shou biznesi vakillarini xijolatchilikdan qutqarib ketdi! Otasiga rahmat!
O‘zbek qizining san’atkor oldiga, sahnaga yugurib chiqishi, uni quchoqlab suratga tushishi esa hammasidan oshib tushdi. Yana bir o‘zbek qizi kimsan Enrikejon bilan quchoqlashib raqs tushdi. Endi qizlar ancha paytgacha bu qilgan ishini dugonalariga maqtanib yurishi aniq. Begonamas, dunyo taniydigan xonanda axir! Falon pulga bilet sotib olib konsertga kirganlar, pulga ham bilet topolmay sarson bo‘lganlar bor axir!
Xullas, Enrike Iglasiasni ko‘rdik, buning ustiga, unga o‘zimizni ko‘rsatishga ham ulgurib qoldik. Yashavor, o‘zbek!
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi