28 dekabr kuni ispaniyalik jahonga mashxur xonanda Enrike Iglesias ilk marta O‘zbekistonga tashrif buyurib, «Istiqlol» san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi.
Konsertga tashrif buyurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga konsert dasturidan foto va videolarni joylashtirib, chipta sotilmagani bois, konsertga tusha olmagan xonandaning muxlislari uchun o‘ziga xos reportajni taqdim etdi.
Xususan, Enrike peshonasidan o‘pib qo‘ygan xonanda Nilufar orzusi ushalganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon esa Enrikega «O‘zi ispan bo‘lsa ham, tarbiyasi o‘zbekona ekan» deya ta’rif berdi. Uning ta’kidlashicha, Iglesias hamma muxlislariga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan.
Dizayner Dilnoza Umurzoqovaning qayd etishicha, Enrike balkonda o‘tirgan tomoshabinlarga ham juda yaxshi ko‘ringan. Dilnozaning yozishicha, Enrike muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida maxsus effektlar texnikasini o‘zi olib kelgan.
O‘zbekistonlik xonanda Ulug‘bek Ismoilov o‘z kumiri Enrike Iglesias bilan sahnada duet kuylash baxtiga sazovor bo‘ldi. Ulug‘bek sevimli xonandasi bilan bundan bir necha yil avval Moskvada o‘tgan konsertda ham duet kuylab, Iglesiasning nazariga tushgan edi.
Xonanda o‘ziga muxlislari tomonidan taqdim etilgan birorta ham guldastani yerga qo‘ymagan, balki gullarni sahna to‘ridagi joyga qo‘yib, kuylashda davom etgan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan birining yozishicha, konsertning birinchi qo‘shig‘i yangrayotgan paytda hamma tomoshabinlar joyida o‘tirgan, keyingi qo‘shiqlarda esa hamma o‘rnidan turib xonanda bilan birga kuylagan va raqsga tushgan.
«Sayyod.com»ning yozishicha, salkam bir soat kech boshlangan konsert bir soatcha davom etgan.
Konsertga bora olmagan ayrim shou-biznes vakillari Instagram’ga qo‘lda tayyorlangan o‘ziga xos chiptaning suratini joylashtirib, internet foydalanuvchilari yuzida kulgi uyg‘otdi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!