— Qorbobo borligiga qachongacha ishongansiz?
Anvar SOBIROV, xonanda:
— Qorbobo bor, unga haligacha ishonaman.
— Farzandlaringiz Qorboboga nima so‘rab xat yozishadi?
— O‘g‘lim katta bo‘lib qolgan, biror nima kerak bo‘lsa, Qorboboga xat yozib o‘tirmay o‘zimdan so‘rab qo‘ya qoladi. Qizlarim bo‘lsa eng chiroyli «Barbi» qo‘g‘irchoqlarini so‘raydi. Har yili «Prezident archasi»ga qo‘shimcha tarzda chipta olaman va farzandlarim Yangi yil ta’tilini maroqli o‘tkazish uchun o‘zimdagi bor imkoniyatni ishga solaman. Bolalik bayramlar bilan go‘zal. Farzandlarim har bir bayramdan yaxshi tassurotlar olishi kerak, deb o‘ylayman.
— Yangi yilni hamon mo‘’jizaviy bayram deb bilasizmi?
— Albatta. Eski, lekin qadrdon yilning bizni tark etishi mo‘’jizaning o‘zginasi.
— Farzandlaringiz uchun Qorbobo bo‘lganmisiz?
— Yo‘q, Qorbobo begona bo‘lishi tarafdoriman. Bola, baribir, sezadi. Agar ular ishongan Qorbobo borligini yo‘qqa chiqarsangiz, Yangi yil ham tatimay qolishi turgan gap. Men hech qachon o‘zim Qorbobo bo‘lmaganman va hamisha begona Qorboboni uyimga chaqiraman. Bolalik — ertaknamo davr. Bu davrda bolalarning bolaligi betashvish va mo‘’jizalarga boy bo‘lishini biz ota-onalar ta’minlashimiz kerak.
Yangi yil tabrigi:
— Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga omad eshiklarini ochsin! Ezgu tilak va rejalarimiz amalga oshaversin!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!