14:14 / 02.01.2018
6 625

Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyovani qo‘shiq o‘g‘irlaganlikda ayblashmoqda!!! (Video)

Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyovani qo‘shiq o‘g‘irlaganlikda ayblashmoqda!!! (Video)
Kuni kecha qo‘shiqchi shoir Aleksandr Vulx Alla Pugachyova ijro etgan «Ya letala» qo‘shig‘i aslida o‘g‘irlanganini, bu qo‘shiq musiqasi Igor Saruxanovning «Pridumannaya lyubov» qo‘shig‘idan olinganini ma’lum qildi.

Ayblov internet saytlariga ham tarqatildi. Shoirning aytishicha, Igor Saruxanov o‘zining «Pridumannaya lyubov» qo‘shig‘ini 2015 yili ijro etgan. Pugachyova esa yaqindagina qo‘shiq musiqasini o‘zlashtirgan-u, yangi she’r qo‘yib ijro etgan.

Afsuski, bu ayblovga Alla Pugachyovaning hech bir muxlisi ishonayotgani yo‘q. Aslida shoir kim kimdan musiqa o‘g‘irlaganini ikkala qo‘shiqni ham tinglab ko‘rgandan keyin aytsa bo‘lardi. Mabodo bu shoir musiqalarning farqiga bora olmasa, bunga Alla Pugachyova aybdor emas. Xullas, quyida biz ikkala qo‘shiqni ham e’tiboringizga havola etamiz. Xulosa chiqarish sizdan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyovani qo‘shiq o‘g‘irlaganlikda ayblashmoqda!!! (Video)