19:00 / 04.01.2018
10 774

Munisa Rizayeva: “Ijoddan ko‘nglim qoldi, ishlagim yo‘q, charchadim…”(Video)

Munisa Rizayeva: “Ijoddan ko‘nglim qoldi, ishlagim yo‘q, charchadim…”(Video)
Yaqindagina jurnalist, “O‘zbegim taronasi”ning radioboshlovchisi bergan intervyusida san’atkorga “tosh otaverishlariga” qarshi fikrlar bildirgan. Oddiygina vaziyatlarda ham aynan san’atkorni tanqid qilaverishlari, negativ munosabatlar san’atkorga yomon ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan jurnalist o‘z hamkasblarining ba’zilarini bunday qilmaslikka chaqirdi. Nafaqat hamkasblariga, balki xalqqa, muxlislarga aytilgan ushbu gaplarga “Benom” guruhi solisti Komil va honanda Munisa Rizayeva ham aralashdi. Hattoki Munisa Rizayeva: “Bazan ijoddan sovub ketaman, ko‘nglim qoldi, avvalgiday ishlagim kelmaydi, chunki tanqid qilaverishadi” deya aytgan.

Bu fikrlarning bir qanchasi to‘g‘ri, albatta. Kim xato qilmaydi, kimda ayb yo‘q? Odamlar kundan-kunga g‘iybat va mayda gaplarga o‘ralashayotgani rost. Muhokamalarda ham biz insonlar hamma narsaga aralashavermasligimiz lozim. Ammo “Tanganing ikki tamoni bor”, deganlariday, ba’zi shov-biznes vakillari ham oppoq emas. Xalqning nazarida bo‘lish degani faqat qarsaklar va shirin maqtovlar yomg‘irida qolish degani deb o‘ylash xato. Qolaversa , san’atkorning har bir qadami odamlar nigohi va muhokamasida ekan, shunga ko‘ra, o‘zlarini sipo va farosatli tutish foydadan xoli bo‘lmaydi. Axir san’at, faqatgina haybarakallachilik emas, balki asl madaniyat degani-ku!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva: “Ijoddan ko‘nglim qoldi, ishlagim yo‘q, charchadim…”(Video)