
Amerikalik reper Kanye Uest saraton kasalligi tufayli ajal jari yoqasiga borib qolgan muxlisasining so’nggi istagini bajargan holda u bilan FaceTime orqali bog’landi va qiz uchun maxsus rep aytib berdi.
Xabarda keltirilishicha, xonandaga qizning oila a’zolari murojaat qilishgan.
Kanye qizga bog’langach, u bilan suhbat qurdi va qiz uchun sevimli bo’lgan “I Love Kanye” qo’shig’ini aytib berdi. Reper ishtirokidagi ushbu hikoyani Debbi ismli muxlisa Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Hamshaharim bo’lgan qiz saraton bilan og’rigan edi va Kanye bir necha kun avval uning uchun maxsus rep aytib berdi. Men uni juda hurmat qilaman. Bu uning uchun so’nggi daqiqalardagi katta quvonch” deb yozgan Debbi.
Debbining so’zlarini Kanyening turmush o’rtog’i Kim Kardashyan ham tasdiqlab, o’z sahifasida eri bilan birgalikda qiz uchun duo qilayotganliklari haqida yozib qoldirdi.
Kanye Uestning o’zi ushbu hodisa haqida hech bir so’z aytmagan va hech qanday izoh bermagan. Ming afsuski, qiz reperning qo’ng’irog’idan bir necha soat o’tib olamdan ko’z yumdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar