
2009 yilda “Yevrovidenie” halqaro tanlovida g’oliblikka erishgan norvegiyalik mashhur xonanda Aleksandr Ribak tanlovda qaytadan ishtirok etishga qaror qildi. Buning uchun u milliy saralash bosqichidan o’tishi lozim.
Xabarda aytilishicha, qo’shiqchi o’z qarori haqida Facebook ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Saralash bosqichi uchun tanlangan qo’shiq "That's How You Write A Song" deb nomlanadi.
Eslatib o’tamiz, xonanda 2009 yilda bo’lib o’tgan "Yevrovidenie" halqaro tanlovida “Fairytale” kompozitsiyasi bilan g’alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar