14 177
Ra’no Shodiyeva Andijonda eshikma-eshik yurib, nogiron bolalar, onalar bilan suhbatlashmoqda (Foto)
2017 yil oxirida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markaziga direktor etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Aktrisa-markaz direktori Ra’no Shodiyeva aholining imkoniyati cheklangan qatlamiga amaliy ko‘mak berishni boshladi. Shodiyeva Andijon viloyati Paxtabod tumanidagi imkoniyati cheklangan yosh oilalar, yoshlar, bolalarga amaliy ko‘mak berib, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.
Ishchi guruh Paxtaobod tumanidagi 30 dan ortiq xonadonlarda bo‘lib, 1000 nafarga yaqin aholi bilan bevosita suhbatlar olib bordi.
“Imkoniyati cheklangan bolalar onalarining sabri, iroda va matonati oldida bosh egaman. Nogiron bola dunyoga kelgan oilada, to‘g‘risi, onaga qiyin. Har daqiqasini umid bilan o‘tkazadigan onalarga haykal qo‘ysang arziydi. Yurtimizda ham ana shunday onalar uchun maktab tashkil etishni niyat qilgan edim, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi koshida tashkil etilgan markaz xodimlari bilan Andijonning Paxtaobod tumanida 3 kunlik maxsus dastur asosida aholi o‘rtasida amaliy tajriba ishlarini tashkil etish bilan birga, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun maxsus to‘garaklar ham ochishni rejalashtirdik. O‘ylaymanki, loyiha qator ijobiy natijalarni ko‘rsatadi”, deydi Ra’no Shodiyeva.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Quhramon Quronboyevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida imkoniyati cheklangan bolalarning onalari uchun respublika bo‘ylab maxsus maktablar ochilishi e’lon qilindi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi