«Proart.uz» kompaniyasi, prodyuserlar Ruslan Mirzayev va Javlon Kamolov ijodiy jamoasi Turkiyaning «Apyapim Film» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda «Güneşim benim» («Quyoshim mening») o‘tkir syujetli dramatik serialini suratga olishni rejalashtirmoqda…
Muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat kabi boqiy tuyg‘ularni, milliy qadriyat va an’analarni o‘zida mujassam etgan mazkur serial, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kino va seriallar borasidagi ijodiy hamkorlikning boshlanishida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Serial voqealari yurtimizda va Turkiyaning bir necha tarixiy shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Serialda taniqli turk va o‘zbek aktyor-aktrisalari ishtirok etadi. Aktyorlar kastingi fevral oyidan boshlashlanib, bu bilan «Proart.uz» kompaniyasi shug‘ullanadi.
Serial ssenariysini tomoshabinlarga yaxshi tanish «Istanbullik kelin» serialining muallifi Ali Aydin hamda o‘zbek ssenaristlari birgalikda yozishi rejalashtirgan.
«Güneşim benim» O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan birinchi katta byudjetli va keng qamrovli serial bo‘lsa ajabmas.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda