
Amerikalik reper 50 Cent 2014 yili musiqiy albomini kripvalyuta evaziga sotgan va u haqida butunlay unutib yuborgan edi. Xonanda kuni kecha Instagram ijtimoiy tarmog’i orqali bu haqida ma’lum qildi.
2014 yili reper o’zining Animal Ambition musiqiy albomini kripvalyuta evaziga sotgan va 400 ming dollar mablag’ga ega bo’lgandi.
O’sha paytlar bir bitkoin 662 dollarga teng bo’lib, xonanda ularni dollarga aylantirish haqida unutib ham yuborgan.
Aynan mana shu sabab u bugungi kunda 7 mln AQSH dollari sohibiga aylandi. Ushbu ma’lumot xonandaning o’zi tomonidan ham tasdiqlandi va u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar suratini e’lon qilib, “o’zidan faxrlanayotgani” haqida ham yozib qoldirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar