23:15 / 08.02.2018
7 497

Bobur sarkardasining qabri topildi

Bobur sarkardasining qabri topildi
Zahiriddin Muhammad Boburning hammaslagi, ishongan sarkardasi bo‘lgan Xo‘ja Kalonning qabri Qirg‘izistonning Qorasuv tumanidagi, tabiati g‘oyat go‘zal bo‘lgan, purviqor tog‘lar orasidan topildi. Xo‘ja Kalon Bobur hukmronligi davrida Qobulda, Qandahorda va yana bir qancha hududlarda hokim bo‘lgan. Hindiston zafarida ham Boburning eng jasur, ishonchli, donishmand qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan.

Bu haqda O‘zA muxbiri bilan suhbatda “Bobur” Xalqaro Jamoat fondi direktori Zokirjon Mashrapov ma’lumot berdi.

Shuningdek, “Ayni paytda Bobur avlodlari dunyoning qaysi mamlakatlarida yashaydi?”, degan savolga fond direktori jumladan shunday dedi:

–Bugungi kunda Zahiriddin Muhammad Boburning eng yaqin avlodlari Hindistonda, Pokistonda, Angliyada va Haydarobodda istiqomat qilishadi. Kimlar bular?
Pokiza Sultonbegim yangi Dehlida yashaydi. Markaziy kutubxonani bir necha yillar boshqargan. Uning singlisi Tohira Sultonbegim Angliyada istiqomat qiladi. Shoiraning bir necha kitoblari chop etilgan. Ushbu kitoblarning namunalari mamlakatimizdagi “Bobur va jahon madaniyati qo‘lyozma asarlari” muzeyida ham saqlanadi.

Laylo Ummaxonim 5 nafar farzandlari bilan Haydarobodda yashaydi. Bobur avlodiga mansub bo‘lgan bu oilaning Abror ismli vakili Toshkent davlat texnika universitetida Bobur Xalqaro Jamoat fondi homiyligida 5 yil tahsil olgan.

Joriy yilning 14 fevral kuni Andijon viloyati Andijon shahrida davlat va jamoat arbobi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Mazkur konferensiyaga qo‘shni mamlakatlardan ham boburshunos olimlar va mehmonlar kelishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bobur sarkardasining qabri topildi