O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi hamda Buxoro viloyat hokimligi hamkorligida sayyohlarni jalb qilish va sayyohlik hududi sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish maqsadida qadimiy Ark qal’asida teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etilmoqda.
Ark qal’asida tomoshabinlar Buxoro amirining rasmiy chiqishiga guvoh bo‘ladi. Harbiy vazirning amirlikdagi tinchlik haqidagi ma’ruzasi tinglanadi. Shundan so‘ng amir Vizantiya, Afg‘oniston, Fransiya va Erondan tashrif buyurgan xorijiy elchilarni qabul qilib, ular uchun kichik konsert dasturini uyushtiradi. Yakuniy qismda esa saroy vakillari Buxoro Amirining yozgi saroyini tark etishadi.
Avvalroq Xivada ham mana shunday loyiha yo‘lga qo‘yilgandi. Unda tomoshabinlar Ichan-qal’aning qishki saroyida xonning rasmiy qabuliga kirish, Eron, Xitoy va Rossiyadan kelgan xorijiy elchilarni qabul qilish kabi marosimlarni kuzatadi. Yakuniy qism kichik konsert dasturi bilan yakunlanadi.
Hozirda Samarqand, Shahrisabz, Qo‘qon kabi tarixiy markazlarda ham mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»