
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon muxlislari uchun qator bahoriy sovg‘alar tayyorladi.
Sardor Rahimxon: — “Bahor muborak azizlar! Bahorga sovg‘alarimiz tayyor. Shu hafta yangi musiqiy albom sotuvga chiqadi. Sizlarning takliflaringiz asosida yangi musiqiy albomni ”MЕHR“, deb nomladik. Mazkur musiqiy albomda siz sevgan qo‘shiqlar qatorida bir nechta yangi qo‘shiqlar ham o‘rin olgan. “Sanamjon” qo‘shig‘ining “Prinsessa Leyli” nomli ruscha talqini shular jumlasidan. Sovg‘alarimiz sizlarga yoqadi, degan umiddamiz. Yangi musiqiy albomni ”Discovery“ do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin. Yana bir bor bahor muborak!”


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar