
Shahzodaning may oyida o‘tkazilishi an’anaga aylangan konsert dasturi bu yil bo‘lmaydi. Bu haqda u “Sevimli” telekanalning “Xayrli oqshom” dasturida ma’lum qilgan.

Ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirayotgan masalaga oydinlik kiritish maqsadida shu kunlarda matbuot anjumani tashkil etiladi. “Bu ma’lumot haqida ilk bor sizning telekanalingizda aytayapman. Lekin muxlislarimiz uchun sovg‘alarimiz ko‘p” - deydi Shahzoda. Shuningdek, xonanda dugonalari Nilufar Usmonova va Renata Iskandarovalar bilan do‘stlik, oilaviy munosabatlar va ayollik latofati haqida so‘z yuritdi. “Xayrli oqshom” ko‘rsatuvining ushbu soni 9 mart kuni soat 19.30da “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar