Xonanda, aktrisa, ikki farzandning onasi, suyukli yor va chaqqongina kelin — Madina MUMTOZ bilan bog‘lanib, ijodi haqida suhbatlashmadik! Bu safar u noodatiy savollarimiz nishonida! Qani ko‘ramiz, berilgan vazifani qay darajada uddalar ekan.
— Hayotda qiyofadoshingiz bo‘lishi mumkinmi?
— Ha! “Zuhram”ni uchratmaganman-u, ammo qaysidir jihatlari, ehtimol tashqi ko‘rinishi, yuz tuzilishi menga o‘xshash bo‘lganlar bor. O‘zim ko‘rganman!
— Opera, jaz, rep — qay bir yo‘nalishda tajriba qilib ko‘rishingiz yoxud duet ijrosi amalga oshishi mumkin?
— Opera yo‘nalishida tajriba qilish niyatim yo‘q emas! Demak, opera!
— Tavakkal qilib...
— Bilmasam... menimcha, oila qurayotganimizda, tanlagan yorimizni qanchalik yaxshi bilmaylik, tanimaylik, qaysidir ma’noda tavakkal qilamiz. Menda ham shunday bo‘lgan.
— Kimlarga nisbatan “allergiya”ngiz bor?
— O‘ziga bino qo‘ygan, atrofidagi odamlarni qo‘l uchida ko‘rsatadigan insonlarga nisbatan “allergiyam” kuchli!
— Xayolingizda tinimsiz aylanadigan qo‘shiq?
— ...ko‘pincha ertalab biror taronani tinglasam, kun bo‘yi u xayolimda aylanaveradi. Ko‘pchilikda shunday bo‘lsa kerak, o‘ylarimizni band qiladigan qo‘shiqlar o‘zgaruvchan!
— Tasavvur qiling, syomkaga ketayotib yo‘lingizda adashdingiz. Telefoningizning quvvati tugagan, aksiga olib mashina benzining ham tagi ko‘rinib qolayapti, tag‘in deng, yoningizda pulingiz yo‘q! Nima qilasiz?
— Avval mashinani chetroqqa olaman, shu vaqtda biror kim yonimdan o‘tib qolsa, undan yordam so‘rayman, qo‘ng‘iroq qilib olish uchun. So‘ng taksi to‘xtataman-da, vaziyatni tushuntirib manzilim tomon oshiqaman. Xullas, vaziyatdan chiqish yo‘lini topaman!
— Madinaning jahli chiqqanda...
— Qorni ochqagan bo‘ladi (kulib). Arzimagan narsaga ham achchig‘im kelishi mumkin, mabodo fikrimni oxiriga yetkazib berishimga qo‘yishmasa, juda qattiq jahl qilaman.
— Qilayotgan ishingizdan uyalasiz, qachonki...
— Yolg‘on aralashgan bo‘lsa... Ertami, kechmi sirim fosh bo‘lishidan cho‘chib, qilayotgan ishimdan uyalaman. Lekin bunaqangi vaziyatlar sira bo‘lmagan. Rostgo‘ylikni qadrlayman!
— Bir marta bo‘lsa ham mushtlashganmisiz?
— Maktab paytlarim dugonalarimning yonini olib, tortishib turar edim. Lekin mushtlashishgacha bormagan.
— Pardozsiz ko‘chaga chiqishingiz mumkinmi?
— Ha va bu holat juda ko‘p takrorlanadi.
— Turmush o‘rtog‘ingizni kutib olishda-chi?
— Ba’zan pardozsiz bo‘lishim mumkin, lekin imkon qadar umr yo‘ldoshimning ishdan qaytishiga yasan-tusan qilvolaman!
— Bolalik xotiralaringizni yodga soluvchi ifor qaysi?
— Onam foydalangan atir! Bolaligimni eslaganimda aynan shu ifor dimog‘imga urilgandek bo‘ladi.
— Ijodiy safarga ketayotganingizda o‘zingiz bilan olishingiz shart bo‘lgan 3 ta narsa-buyum?
— Pul, uyali telefonim va uning quvvatlagichi!
— Madina Mumtoz hayotining “saundtreki” qaysi kompozitsiya?
— O‘zim ijro qilgan “Baxtli bo‘l” qo‘shig‘i!
Dildora YUSUFBЕKOVA suhbatlashdi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi