00:03 / 01.04.2018
5 356

Xayrullo Hamidov she’ri: "Nihoya"

Хайрулло Ҳамидов шеъри: "Ниҳоя"
G‘am bizni sinadi bittama bitta –
Sodda fuqaroyu dahosi bilan.
Qiyomatda hali uyg‘onmasaydik
Shu mushkul sinovning bahosi bilan?!

Ko‘ksimizni nechun tutmadik Yo‘lga,
O‘ng qolib, burildik iblisiy so‘lga.
Yomg‘irdan qochgandik, tutildik do‘lga,
Qoldik o‘tkinchi nafs safosi bilan.

Kulib qarshi oldi shayton yo‘lakda,
Na yerda azizmiz va na falakda:
Amal yo‘q, ulug‘vor manzil tilakda
Faqat musulmonlik da’vosi bilan.

Millat etagida umri o‘tganlar –
Aslida eng to‘g‘ri yo‘lni tutganlar.
Behdir ko‘chat ekib, meva kutganlar,
Bitmas ish faqat qo‘l duosi bilan.

Ko‘zlaring qa’rida ko‘hna bir imlo
Chirqillar sernola, shohidsan illo...
Biror bir yechimni izla, Xayrullo,
Dardni yuborgan-ku davosi bilan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xayrullo Hamidov she’ri: "Nihoya"