Rayhon G‘aniyeva va Farhod Alimov. Foto: MyDay
MyDay nashri o‘zbek shou-biznesidagi “yulduzli” juftliklar haqidagi ma’lumotlarni chop etdi.
Mashhur xonanda va talabgir shoumen 2016 yilning 5 noyabrida turmush qurgan. Ularning har ikkalovi uchun bu turmush birinchisi emas. Rayhon ham, Farhod ham birinchi turmushidan ajralgan bo‘lib, Rayhonning aktyor Yigitali Mamajonov bilan nikohidan ikki farzandi bor. Farhod Alimov esa birinchi oilasidan uch nafar farzandga ega.
Oybek va Nigora
Foto: MyDay
2006 yildan buyon duet tarzida faoliyat olib borayotgan Nihol mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 2015 yilning 21 noyabrida oila qurgan edi. Mazkur juftlik 2016 yilning 27 avgust sanasida o‘g‘il farzand ko‘rgan va unga Imronbek deb ism qo‘yilgan.
Dilso‘z va Farrux Raimov
Foto: MyDay
Dilso‘z tahallusi ostida ijod qilib kelayotgan Go‘zal Jumaniyozova va sobiq “Mango” guruhi vakili Farrux Raimov 2015 yilning 16 aprelida Navoiyda, 21 aprel kuni esa Toshkent shahrida to‘y tantanalarini nishonlagan edi. Yulduzli juftlik oilasida ko‘p o‘tmay qiz farzand dunyoga keldi. Qizaloqqa Dilso‘z ismi berildi. Oradan ikki yil o‘tib, 2017 yil sentyabr oyida juftlik yana bir qiz farzandli bo‘ldi.
Ruxshona va Sanjar Matkarimov
Foto: MyDay
“Nihol” mukofoti sovrindori Ruxshona va taniqli klipmeyker Sanjar Matkarimov 2014 yilda turmush qurgan bo‘lib, hozirda ikki farzandni tarbiyalamoqda.
Asal Shodiyeva va Shohruhxon
Foto: MyDay
Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva va mashhur estrada vakili Shohruhxonning turmush qurishi ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘lgan edi. Taniqli juftlik 2016 yil 5 iyun kuni turmush qurgan.
Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva
Foto: MyDay
2008 yildan buyon bir guruhda faoliyat olib borayotgan Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva 2011 yilda turmush qurgan. Hozirda yulduzli oilada Alixon ismli o‘g‘il farzand voyaga yetmoqda.
Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonov
Foto: MyDay
Aktrisa Sevara Soliyeva va xonanda Ma’mur Sultonovning nikoh to‘yi 2013 yil 23 oktyabrda bo‘lgan. 2015 yilning aprel oyida yosh oilada o‘g‘il farzand dunyoga keladi. Sevara va Ma’mur o‘g‘illariga Sultonbek deb ism qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi