
O‘zbek va tojik san’at ustalarining «Do‘stlik kechasi» deb nomlangan navbatdagi qo‘shma konserti Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tojikiston madaniyat vazirligining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Asia-Plus'ga asoslanib Daryo nashri.
Emomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi sanasi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Dushanbedagi «Ko‘hi Borbad» san’at saroyida 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Do‘stlik kechasi» konsertida 250 nafardan ortiq tojik, 100 nafar o‘zbek san’atkori ishtirok etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar