
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengashda «Nihol» mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan «Dard» deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan video klipni qayta to‘g‘irlash tavsiya qilindi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muasassasi matbuot xizmati XS.uz’ga ma’lum qildi.
«Nihol» mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan «Dard» deb nomlangan qo‘shiqning so‘zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta’kidlanib, lekin qo‘shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foylanganligi bois, ushbu klipni qayta to‘g‘rilash tavsiya etildi.
«O‘zbekkonsert» davlat muasassasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar