date

Kutilmagan duet: Botir Qodirov xorazmlik xonandalar bilan birgalikda duet taqdim etdi!

Kutilmagan duet: Botir Qodirov xorazmlik xonandalar bilan birgalikda duet taqdim etdi!

Xonanda Botir Qodirov muxlislari uchun navbatdagi musiqiy yangilikni taqdim etdi. San’atkor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yangi “Xorazmlik qizlar” nomli qo‘shig‘i premyera qilinganini ma’lum qildi.

Yangi tarona bugun YouTube platformasiga joylashtirildi va qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini tortishga ulgurdi. Qo‘shiq ijtimoiy tarmoqlarda ham faol tarqalib, muxlislar tomonidan muhokama qilinmoqda.

Mazkur duetda xorazmlik san’atkorlar Shahlo Salayeva, Hulkar Abdullayeva va Dilinur ham ishtirok etgan. Turli ijodkorlarning bir loyihada jam bo‘lishi tinglovchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Muxlislar izohlarda qo‘shiqning ohangi, ijrosi va san’atkorlar uyg‘unligini yuqori baholamoqda. Ko‘pchilik “Xorazmlik qizlar” yaqin kunlarda trend qo‘shiqlardan biriga aylanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Kutilmagan duet: Botir Qodirov xorazmlik xonandalar bilan birgalikda duet taqdim etdi!