O‘zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan “Villard interkontinental” mehmonxonasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, biznes va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prezident Donald Tramp bilan muloqoti o‘zaro ishonch va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga olish ruhida o‘tganini alohida ta’kidladi.
“Biz bu tarixiy tashrifni keyingi ikki yil mobaynida misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – AQSh hamkorligining mantiqiy davomi, deb bilamiz. Garchi mamlakatlarimiz geografik nuqtai nazardan bir-biridan olisda joylashgan bo‘lsa-da, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar xalqlarimizni birlashtirib turadi”, - dedi davlat rahbari.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik kengayayotgani ta’kidlandi. Kuni kecha ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi shartnomalar imzolangani yuqori baholandi.
Uchrashuvda davlat rahbari O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganib, butun dunyoda keng targ‘ib etayotgan Frederik Starr va barcha amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi.
Tadbirda yana bir e’tiborli voqea bo‘ldi: ko‘p yillik samarali ijodi, o‘zbek maqom san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosini dunyoda targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Asherovich Malakovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berilgani e’lon qilindi. Izro Malakov yuksak e’tibori va qadrdon o‘zbek xalqining unvoni uchun prezidentga minnatdorlik bildirgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi