21:24 / 19.05.2018
11 234

Sitora Farmonova «O‘zbekkonsert» qaroriga munosabat bildirdi

Sitora Farmonova «O‘zbekkonsert» qaroriga munosabat bildirdi
Foto: Instagram / @sitorafarmonovaofficial1
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi huzuridagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining yig‘ilishida Sitora Farmonovaning «Chamanda gul» nomli qo‘shig‘i matni saviyasi past bo‘lganligi bois, rad etilgan edi.

Ushbu xonandaga qo‘shiq va unga ishlangan videoklipdagi matnni shoirlarga ko‘rsatib qayta to‘g‘rilash, videoklip ssenariysining g‘oyaviy-badiiy darajasiga alohida e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlanib, videoklipni Badiiy Kengashga qayta topshirilishi borasida tavsiya etilgan edi.

Sitora Farmonova jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ushbu qo‘shiqning videoklipini ham suratga oldirib bo‘lgani, ayni vaqtda nima qilishga boshi qotgani haqida ma’lum qildi.

Bu qo‘shig‘im internetga chiqqan. Radioda aylanib, qo‘shiqni eshitgan ko‘pchilik unga yaxshi baho bergan edi. Qo‘shig‘im haqida «yomon yoki bachkana qo‘shiq aytibdi», degan gapni eshitmagandim.

Qo‘shig‘imga klip ham oldirganman, Badiiy kengashda «Klip yaxshi, ammo matnini o‘zgartiring», deya qayta ko‘rishga berildi. Qo‘shiq matnini o‘zgartirsam, klipni ham shunga moslab o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

Bilmadim, hozir nima qilishga ham hayronman.

Sitora Farmonova, aktrisa va xonanda

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sitora Farmonova «O‘zbekkonsert» qaroriga munosabat bildirdi