
Olloh Taolo buyurgan ekanki, ulug‘ ayyom hisoblanmish Ro‘zai Ramazon, ruhan, ma’nan poklanish oyida yovlashganlar, arazlashganlar, yuz ko‘rmaslikka yo‘l qo‘yganlar, bezishganlar mehru oqibatni ortga qaytarsinlar, qon-qarindoshlar, aka-uka, opa-uka, opa singil, aka-singil, umuman qondoshlar ezgulik, ahillik, mehr, saxovat, shafqat sari qadam tashlasinlar.
Shunda itoatkor bandalarga Yaratganning huzurida bitmas-tuganmas mukofot hadya etilarkan. Mehr-oqibatga oshifta bandalar jannat bog‘ining to‘ridan joy olarkan.
Koshkiydi, xalq hofizi, millionlab san’at ixlosmandlarining sevimli san’atkori, o‘zbek san’ati qiroli Sherali Jo‘rayevning quyida ijro etgan qo‘shig‘i barchani ezgulikka oshno etsa!
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar