date
views 7 472

“Ummon” guruhi yana bir bor qat’iy ogohlantirildi

“Ummon” guruhi yana bir bor qat’iy ogohlantirildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a’zolari tomonidan “Ummon” guruhining “Oq gulim” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan klipidagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi.

Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan, efirga berilganligi bois “Ummon” guruhi ogohlantirildi.

“O‘zbekkonsert” DM bergan xabarga ko‘ra, agar, ushbu holat quyidagi san’atkorda qayta takrorlansa, unga berilgan litsenziya muddatidan avval to‘xtatiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Ummon” guruhi yana bir bor qat’iy ogohlantirildi