Britaniyalik rejissyor Richard Ramchyorn tomoshabinlar namoyish vaqtida voqea borishining turli variantlarini o‘zlari tanlay oladigan film yaratdi. Buning uchun hattoki ongli tarzda biror qaror qabul qilish shart emas.
The Moment (“Lahza”) deb nomlangan 27 daqiqalik film yaqin kelajak haqida bo‘lib, undagi voqea bo‘yicha kompyuterni o‘y bilan boshqarish tizimi oddiy holga aylangan, biroq inson va mashinalar aloqasi shunday tizimning paydo bo‘lishiga olib kelganki, unda o‘zgacha o‘ylash jamiyatdan quvilish yoki hattoki o‘limga olib kelishi mumkin bo‘ladi. Filmda quvg‘indiga aylangan bosh qahramonlar bu kelajak dunyosida omon qolish uchun turli murakkab qarorlar qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Filmni tomosha qilish vaqtida tomoshabinlar miya faolligini kuzatish texnologiyasi evaziga voqealar borishiga ta’sir qilishlari mumkin bo‘ladi. Tomoshabinlardan birining boshida o‘rnatilgan maxsus qurilma neyronlarning elektron impulslarini o‘qib, simsiz aloqa orqali ularni kompyuterga jo‘natadi. Kompyuter dasturi esa tomoshabin kayfiyatiga qarab voqeani qay tomonga burish, qanday musiqa yangrashini tanlaydi. Ramchyornning aytishicha, suratga olingan material hajmi hisobga olinadigan bo‘lsa, voqea rivojining variantlari soni bir necha trilliontaga yetishi mumkin.
Uning aytishicha, tomoshabinlar hozircha ta’sir qila olmaydigan yagona narsa bu voqea yakunidir. “Texnologiyalar hali unday darajada emasligini bilaman, biroq 10-15 yildan keyin biz to‘g‘ri miyadan o‘z filmimizni yaratishimiz mumkin bo‘ladi”, deb aytgan rejissyor.
Hozircha film 6-8 kishi joylashadigan kichik treylerda namoyish qilinmoqda. Film 7 iyunda Sheffilddagi hujjatli kino festivalida rasman taqdim qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi